Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida qidiruvdagi ota topildi va oilasi bilan yarashdi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining qaroriga F.R. dan undiruvchi M.R. foydasiga 2 nafar farzandlari moddiy ta’minoti uchun har oyda aliment undirish belgilangan.
Biroq, qarzdor ota majburiyatni unutib, aliment to‘lashni paysalga solib keldi. Boz ustiga unga nisbatan 2020 yilning avgust oyida qidiruv e’lon qilingan.
Olib borilgan o‘rganishlar davomida qarzdor ota Qozog‘iston Respublikasiga ketgani aniqlandi. Qidiruv natijasida fuqaro F.R. topilib, davlat ijrochisiga topshirildi.
O‘tkazilgan tushuntirishlardan so‘ng qarzdor ota oilasi bilan yarashishga ahd qildi. Ijro hujjati amalda tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?