Foto: Skrinshot
Sirdaryoda «boy»ning bolalari 4 kishi bo‘lib avtomobil ta’mirlash ustasini urib o‘ldirganligi, ularning ishi «yopti-yopti» bo‘lib ketganligi aytilmoqda — viloyat prokuraturasi munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.
«Aniqlanishicha, Sayxunobod tumani IIB navbatchilik qismining 19.07.2021 yil soat 01:53 da bergan xabariga ko‘ra, Sayxunobod tumani «Nurobod» mahallasi A.Navoiy ko‘chasida yashagan M.K. tuman tibbiyot birlashmasida yurak ishemik xastaligi, o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi hamda alkogol mastlik holati bilan vafot etgan.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Sirdaryo viloyati filialining xulosasiga ko‘ra, marhum M.K.ning o‘limi o‘tkir yurak qon tomirlar yetishmovchiligi bilan kechgan, miokard infarkti ko‘rinishidagi yurakning o‘tkir ishemik kasalligidan kelib chiqqanligi, bundan tashqari jigar serrozi kasalligi va etil spirtining og‘ir darajali zaxarlanish holati ham mavjudligi aniqlangan.
Tergovga qadar tekshiruv yakuniga ko‘ra, 18.08.2021 yilda M.K.ning vafot etganligi holatida biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.
Hozirda videoxabarda ko‘rsatilgan holatlar Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi