13:53 / 16.09.2021
1 529

Ota o‘z ma’suliyatini bajardi

Ota o‘z ma’suliyatini bajardi
Majburiy ijro byurosining Bo‘stonliq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining 25.07.2019 yil kundagi 2-1102-1901/16848-sonli ijro varakasiga asosan qarzdor Yo.Amirxamzayevdan undiruvchi G.Xudoyberdiyeva foydasiga voyaga yetmagan uch nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Qarzdorning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi 01.09.2021 yil kuniga qadar 27.947.500 sumni tashkil etishi aniqlangan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamasa qonunda belgilangan tartibda javobgarlik masalasi hal qilinishi to‘g‘risida tushuntirish berib o‘tilgan.

Ijro harakatlari jarayonida qarzdor Yo.Amirxamzayev tomonidan 27.947.500 so‘m aliment pul mablag‘lari undirilib undirilib, pul mablag‘lari undiruvchi G.Xudoyberdiyevaga tilxat asosida topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ota o‘z ma’suliyatini bajardi