
Odam anatomiyasiga oid eng qadimiy qo‘lyozmalardan biri Saudiya Arabistoni poytaxti Riyozdagi Podshoh Abdul Aziz xalq kutubxonasiga olib kelindi, deya xabar bermoqda Islam.ru.
XIV asrda yozilgan ushbu qo‘lyozma “Odam tanasining anatomiyasi” deb ataladi, unda odamning ichki a’zolari haqida so‘z yuritiladi va ushbu a’zolarning rasmlari ham keltirilgan. Asar muallifi – Mansur ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ilyos al-Kashmiriy.
Ushbu kitob musulmonlar ilm-fani tarixidagi eng muhim asarlardan biri hisoblanadi. U musulmonlarning odam anatomiyasi haqida belgiyalik shifokor Andreas Vezaliy va italiyalik Leonardo da Vinchidan oldinroq ma’lumotlarga ega bo‘lganini ko‘rsatadi.
Muallif kitobda suyaklar, nervlar, venalar, arteriyalar, yuz, bugun, jigar va odam tanasining boshqa a’zolari haqida so‘z yuritgan, tomirlarning faoliyatini batafsil tasvirlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar