09:57 / 20.09.2021
1 787

Toshkentda birorta burchakka ega bo‘lmagan noodatiy bog‘cha quriladi

Toshkentda birorta burchakka ega bo‘lmagan noodatiy bog‘cha quriladi
Foto: Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati
Toshkentning Yangihayot tumanida birorta burchakka ega bo‘lmagan bolalar bog‘chasi quriladi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 480 o‘rinli va noodatiy ko‘rinishga ega bo‘lgan bino yaqin fursatda tumanning «Yangi Choshtepa» mahalla fuqarolar yig‘inida qad ko‘taradi.

«E’tiborli tarafi, loyihaga ko‘ra birorta ham burchakka ega bo‘lmagan bino va uning xonalari shunday tuzilganki, bolajonlarning bir mashg‘ulotdan boshqasiga o‘tish uchun bino bo‘ylab harakatlanishlari, yorug‘likning to‘g‘ri taqsimlanishi, xonalar intereri bir-birini takrorlamasligi — hammasi odamni hayron qoldira oladigan darajada bo‘ladi va chet tillarini o‘rgatishga ixtisoslashadi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Foto: Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati
Yangihayot tumani hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu bog‘cha mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan barpo etilib, 2022 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda birorta burchakka ega bo‘lmagan noodatiy bog‘cha quriladi