11:07 / 22.09.2021
2 922

Toshkent metrosida voyaga yetmagan qizga behayo harakat qilgan erkak qidirilmoqda

Toshkent metrosida voyaga yetmagan qizga behayo harakat qilgan erkak qidirilmoqda
Joriy yilning 18 sentabr kuni soat taxminan 17:00larda Toshkent metropolitenining «Olmazor» bekatida, shahrimizning Yangihayot tumanida yashovchi 2008 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan, A.E.ga nisbatan noma’lum erkak kishi tomonidan behayo harakatlar qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tomonidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Hozirda, videokuzatuv moslamalari orqali noma’lum erkak kishining harakat yo‘nalishini o‘rganish va shaxsini aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu fotosuratdagi erkak kishi haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz darhol 102 raqamiga yoki yaqin bo‘lgan ichki ishlar organiga xabar berishingizni so‘raymiz», deyiladi IIV xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent metrosida voyaga yetmagan qizga behayo harakat qilgan erkak qidirilmoqda