12:12 / 22.09.2021
1 368

Qoraqalpog‘istondagi MIB xodimlari 22 sentabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun” aksiyasida ishtirok etishmoqda

Qoraqalpog‘istondagi MIB xodimlari 22 sentabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun” aksiyasida ishtirok etishmoqda
Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham aholining sog‘lig‘i va jismonan salomatligi, sog‘lom hayot kechirish darajasini kundalik hayotimizga aylantirish zarur ekanligini bugungi davrning o‘zi taqozo etmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.10.2020 yildagi PF-6099-sonli Farmoni hamda VazirlarMahkamasining 19.11.2020 yildagi 735-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, xodimlarning sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, ularning jismoniy va ruhiy salomatligini oshirish maqsadida Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tizimidagi barcha xodimlar o‘z xissalarini qo‘shmoqda.

Jumladan, tadbir doirasida barcha xodimlar ixtiyoriy ravishda bir kunga barcha turdagi avtomobil vositalaridan voz kechib, ish joylariga va xizmat faoliyati yuzasidan piyoda yoki velosiped orqali amalga oshirmoqda.

Asosiysi, bu kabi tadbirlar kelgusi faoliyatda faqat bir kunlik emas, balki muntazam ravishda izchil davom ettiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istondagi MIB xodimlari 22 sentabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun” aksiyasida ishtirok etishmoqda