20:34 / 24.09.2021
2 117

Korrupsiyaga kurashish kurashi dolzarb masala

Korrupsiyaga kurashish kurashi dolzarb masala
Joriy yilning 24 sentabr kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz!” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unga boshqarma, tumanlararo, Namangan shahar va barcha tumanlar bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar hamda ularning ota-onalari, diniy idora hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildilar.

Uchrashuvni boshqarma boshlig‘i Dilmurod Umaraliyev ochib, mamlakatimizda so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilganini ta’kidlab o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad esa xodimlarning huquqiy savodxonligini yanada boyitish, ularning vatan oldidagi farzandlik burchini bajarish hamma uchun foyda keltirishini yana bir bor eslatib o‘tishdan iboratligi alohida ta’kidlandi.

Shundan so‘ng Byuro organlari xodimlari o‘rtasida suiiste’molchilik, poraxo‘rlik va boshqa nojo‘ya hatti-harakatlarni oldini olish, chek qo‘yishga qaratilayotgan tadbirlar o‘tkazib kelinayotganini aytib o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilganlarga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi bildirildi.

Tadbirda so‘z olgan Namangan shahridagi “Yaxyoxon to‘ra” jom’e masjidi imom xatibi Nurilloxon Jamolov ishtirok etib o‘z tushunchalari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuvda davlat ijrochilari va ularning ota-onalari so‘z olib, Byuro organlarida xodimlar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar, ularga javoban faqat munosib ishlashi, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishlarini aytib o‘tdilar. Tadbirda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni aks etuvchi videoroliklar namoyish etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korrupsiyaga kurashish kurashi dolzarb masala