Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olishlari mumkin.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.
O‘qishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10 iyuldan 10 avgustgacha (shu kuni ham) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari) har yili 1 iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Qabul natijalari har yili 30 avgustgacha OTM tomonidan e’lon qilinadi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘qish 2-kursdan boshlanadi. Bunda o‘qish davomiyligi tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.
Nizom oliy harbiy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Mazkur tartib 2022 yil 1 maydan kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin