1 863
Shavkat Mirziyoyev Qo‘shtepada g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnologiyasini ko‘zdan kechirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qo‘shtepa tumaniga borib, g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnologiyasini ko‘zdan kechirdi.
Markaziy Farg‘ona yerlarida dehqonchilik qilish — mashaqqat. Ayniqsa, Qo‘shtepa tumanining qariyb 70 foiz hududi unumdorligi past yerlar. Shu sababli qishloq xo‘jaligida ko‘zlangan natijalarga erishilmas edi.
Davlat rahbari 2019 yilda Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida bunday maydonlarda tomchilatib sug‘orishni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.
Bugungi kunda Fergana Global textile paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan Isroilning Netafim kompaniyasi bilan hamkorlikda shunday loyiha amalga oshirilmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Birinchi bosqichda 215 gektar yerda tomchilatib sug‘orish joriy etildi. Buning uchun 17 ming kub metr sig‘imga ega sun’iy hovuz qurilib, 3 ta tik quduq qazildi. 520 ming dollarlik zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatildi. Mazkur texnologiya yordamida bir vaqtning o‘zida 60 gektar paxta maydonini sug‘orish mumkin.
Ta’kidlanishicha, samaradorlik yaxshi bo‘lmoqda. Masalan, suv, o‘g‘it va yoqilg‘i sarfi ikki baravar, mexanizatsiya jarayoni to‘qqiz martaga kamaygan. Bu tizimni samarali ishlatish uchun 10 nafar yosh agronom o‘qitilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident tomchilatib sug‘orish jarayonini ko‘zdan kechirib, mutaxassislar bilan muloqot qildi.
«Bu hududning tuprog‘i qumloq, suv doim tanqis. Lekin avvallari bu yerda ham boshqa joylar bilan bir xil ish uslubi bo‘lgan. Shuning uchun tumanda qishloq xo‘jaligi rentabel emasdi. Masalan, paxtadan 10—12 sentner hosil olinar edi. Mana, bu yil 45 sentner bo‘lishi kutilyapti ekan. Bular — ilm bilan yondashish samarasi. Qilsa, bo‘lar ekan-ku», — dedi Prezident.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Loyihaning ikkinchi bosqichida 1 ming 200 gektar maydonda tomchilatib sug‘orishni joriy etish belgilangan. Mutaxassislar fikricha, ushbu texnologiya ikki mavsumda xarajatlarini to‘liq qoplaydi.
Shu yerning o‘zida davlat rahbari ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi