Abituriyentlarga super kontrakt miqdorining amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan tartibi belgilandi.
2021/2022-o‘quv yili qabul uchun tasdiqlangan «respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi» baholash mezonlari o‘zgarganligi sababli, abituriyentlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida istisno tariqasida to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizig‘i chegarasigacha yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilandi:
To‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul parametrlari chegarasiga:
➖ 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.
Bunda, ushbu toifadagi abituriyentlar uchun to‘lov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda 2021/2022-o‘quv yilida tasdiqlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymati qo‘llaniladi va koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi