16:41 / 30.09.2021
1 471

Uzcard bankomatlarida xorij valyutasini ayirboshlash vaqtincha to‘xtatildi

Uzcard bankomatlarida xorij valyutasini ayirboshlash vaqtincha to‘xtatildi
O‘zbekistondagi Uzcard bankomatlarida 50 va 100 AQSH dollari qiymatidagi kupyuralarni ayirboshlash (qabul qilish) to‘xtatildi. Bu haqda «Yagona umumrespublika protsessing markazi» MCHJning (Uzcard brendi)ga tayanib, Telegram’dagi «Bank va mijoz» kanali xabar berdi.

Bunga ushbu qiymatdagi soxta valyutalar bankomatlar orqali ayirboshlangani sabab qilib ko‘rsatilgan. «Yagona umumrespublika protsessing markazi» barcha tijorat banklarga bu haqda tegishli xat yo‘llagan.

«Mazkur holat inobatga olinib, valyuta ayirboshlash operatsiyalarida 50 va 100 dollarli kupyuralarni qabul qilish funksiyasi vaqtincha to‘xtatiladi», — deyiladi xatda.

Foto: Telegram / «Bank va mijoz»
Avvalroq Uzcard kompaniya brendidan foydalanib, firibgarlik sodir etilayotganidan ogohlantirgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019 yil avgust oyida ko‘p yillardan beri birinchi marta chet el valyutasini naqd ko‘rinishda sotib olishga ruxsat berildi. Bunga qadar odamlar dollarni faqat xalqaro bank plastik kartalari orqali (Visa, MasterCard va boshqalar) sotib olishlari mumkin edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uzcard bankomatlarida xorij valyutasini ayirboshlash vaqtincha to‘xtatildi