23:55 / 01.10.2021
1 920

O‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirib, odamlarni chuv tushirgan sobiq IIB xodimi qo‘lga olindi

O‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirib, odamlarni chuv tushirgan sobiq IIB xodimi qo‘lga olindi
Muborakda o‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirib, odamlarni chuv tushirgan sobiq IIB xodimi va uning sherigi qo‘lga olindi.

Joriy yilning 28-29 sentabr kunlari DXX Muborak shahar bo‘linmasi va departament Muborak tuman bo‘limi, DXX Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va Muborak tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

«Nasafnews»ning xabar berishicha, tezkor tadbirda o‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirib yurgan 41 yoshli avval sudlangan sobiq Ichki ishlar bo‘limi xodimi K.J. va 35 yoshli Muborak tumanida yashovchi E.Z.lar ushlangan.

Ular 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro O.J.ni «Eriell» kompaniyasiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, aldov yo‘li bilan 3000 AQSH dollari talab qilgan. Firibgarlar 1000 AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shuningdek, olib borilgan surishtiruvlar davomida K.J. va E.L.lar ishga kiritib qo‘yishini aytib aldov yuli bilan Muborak tumanida yashovchi fukarolar S.N.dan 1000 AKSH dollari, Yu.S.dan 1000 AKSH dollari va A.U.dan 10 000 000 so‘m qiymatidagi pul mablag‘larini olganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168 va 211-moddalari bilan Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirib, odamlarni chuv tushirgan sobiq IIB xodimi qo‘lga olindi