1 718
Olimlar: Koronavirus oshqozonosti bezi hujayralarining «taqdirini o‘zgartirib yuboradi»
Foto: Pixabay
Koronavirus oshqozonosti bezining funksiyasini o‘zgartirib yuboradi va bu o‘z navbatida diabetga olib kelishi mumkin. Bu haqda Nyu-Yorkdagi Weill Cornell Medicine tibbiyot markazi tadqiqotlari natijasiga tayanib «Korrespondent.net» xabar berdi.
Olimlarning aniqlashicha, koronavirus hujayralarga shikast yetkazgach, ularning faolligini pasaytiribgina qolmay, balki funksiyasini ham o‘zgartirib yuborishi mumkin. Masalan, oshqozonosti bezida insulin ishlab chiqaruvchi beta-hujayraga virus tushsa, ular insulin ishlab chiqarishni odatdagidan ko‘ra kamaytiribgina qolmay, glyukoza va ovqat hazm qildiruvchi moddalarni hosil qilishni boshlaydi. Bu esa ularning funksiyasiga kirmaydi.
«Biz buni hujayralar taqdirining o‘zgarishi deb ataymiz», — deydi tadqiqot rahbari Shuybing Chen. U o‘z tadqiqotlari natijasini diabetni o‘rganish bo‘yicha Yevropa assotsiatsiyasining har yili o‘tkaziladigan yig‘ilishida taqdim etgan.
Ayni vaqtda bu kabi o‘zgarish ijobiy yoki aks ta’sir ko‘rsatishi noaniqligicha qolmoqda. Chenning ta’kidlashicha, koronavirusga chalingan ayrim bemorlarda diabet yuzaga kelgan. U ushbu masala yana o‘rganilishi kerakligini bildirgan.
«Koronavirus pandemiyasi vaqtidagi diabeti bor yangi bemorlarning foizini shubhasiz o‘rganish kerak», — deya qayd etadi ekspert. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi