Toshkentdagi qator do‘konlarda o‘g‘rilik sodir etish bilan shug‘ullanib kelgan guruh a’zolaridan biri qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar IIBBning Mirobod tuman bo‘limi navbatchilik qismiga dorixona sotuvchisining telefoni yo‘qolgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Aniqlanishicha, bu kabi o‘g‘riliklar shaharning bir nechta tumanlarida sodir etilgan.
IIBB xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida mazkur o‘g‘riliklarni sodir etishda gumonlanib, 33 yoshli ayol qo‘lga olingan. E’lon qilingan videodan ko‘rish mumkinki, o‘g‘rilik ishiga voyaga yetmagan qiz ham jalb etilgan.
«Tanimasliklari uchun niqob va ro‘molda kirdik. Do‘konlardan biriga to‘rt kishi kirganimizda, qizlarning ikki nafari sotuvchini chalg‘itib turdi, boshqasi esa iPhone smartfonini o‘g‘irladi. Uni 300 dollarga sotib yubordik», — deydi ayol.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi