Oramizda shunday insonlar borki, ularni har kuni yo‘qlash, holidan xabar olish, maslahati va o‘gitlaridan har qancha bahra olsak arziydi. Andijonlik Baxtiyor Otajonov ana shunday zamondoshlarimizdan biri. U uzoq yillar davomida huquqni muhofaza qilish idoralarida samarali mehnat qilgan.
Prokuratura xizmatida olib borgan faoliyati natijasida hukumatimizning “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 37 yillik mehnat faoliyati davomida qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilibgina qolmasdan, yuzlab shogirdlarni kamolotga yetkazishga ulgurdi. Zahmatkash, jonkuyar, o‘z kasbining fidoiysi bugun ham soha xodimlari orasida hurmat va e’tiborda.
Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasining vakillari 1 oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan sohada mehnat qilgan faxriylarning ham holidan xabar oldi.
Isroiljon Nizomovni Shaxrixon tumanida barcha taniydi. U kishi o‘zining uzoq yillik mehnat faoliyati davomida ko‘pchilikning hurmatini qozongan. Asaka, Bo‘z tumanlarida prokuratura sohasida xizmat qilib, adolat ustuvorligini ta’minlagan. Shu sohada uzoq yillar samarali mehnat qilib, ayni paytda 4 farzand va 11 nafar nabiralari qurshovida umrguzaronlik qilmoqda.
Majburiy ijro byurosi xodimlari shu kuni faxriylar bilan uchrashib, samimiy muloqotda bo‘ldi. Ularga Byuro tomonidan ajratilgan sovg‘a-salomlar topshirildi. Faxriylar holidan xabar olish uchun aslida bayram sanasini kutish shart emas. Ulardan har kuni xabar olish har birimizning insoniylik burchimizdir.
Majburiy ijro byurosi
Andijon viloyati boshqarmasi
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Andijon viloyati boshqarmasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi