5 096
Xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazgan fuqarolarga oy yakunida xarid summasining 1 foizi qaytariladi
Prezidentning nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Telegram’dagi «Nigoh» kanali.
Hujjat bilan 2022 yil 1 yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida xaridni amalga oshirgan hamda ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining QR-kod yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga ularning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi respublika budjetidan qaytariladi.
Bundan avtomobil sotib olganlik uchun, temir yo‘l va aviachipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lov, shuningdek, to‘lov tizimi operatorlari orqali to‘lovni amalga oshirganda olingan xarid cheklari mustasno.
Shuningdek, sotib oluvchiga cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek, identifikatsiya qilish vositalari bilan majburiy raqamli markirovka qilish nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qo‘llanilgani yoki markirovka mavjud emasligi to‘g‘risida soliq organlariga maxsus dastur orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga, huquqbuzarlardan undirilgan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.
Shu bilan birga, to‘lov tizimlari operatorlari o‘z to‘lov tizimlarini onlayn nazorat-kassa mashinalariga majburiy ravishda ulash va shu orqali soliq organlarining axborot tizimlariga integratsiyalashni ta’minlash talabi o‘rnatiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi