13:13 / 07.10.2021
1 734

Shavkat Mirziyoyev: «Har safar Sirdaryoga kelganda Alisher Navoiyning qahramonlarini ko‘rgandek bo‘laman»

Shavkat Mirziyoyev: «Har safar Sirdaryoga kelganda Alisher Navoiyning qahramonlarini ko‘rgandek bo‘laman»
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida viloyat haqidagi fikrlarini Alisher Navoiyni eslash bilan boshladi.

Men har gal Sirdaryoga kelganimda, ulug‘ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning qahramonlarini hayotda ko‘rganday bo‘laman.

Viloyatning bir tomoniga qarasak – Guliston, Baxt, yana bir tarafida – Mehnatobod, boshqa tomonida – Shirin shahri va elu yurtga nur ulashayotgan Farhod GESini ko‘ramiz.

Hazrat Navoiyning ezgu ideallariga g‘oyatda mos bo‘lgan, bunday go‘zal nomlar zamirida teran ma’no mujassam
, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Har safar Sirdaryoga kelganda Alisher Navoiyning qahramonlarini ko‘rgandek bo‘laman»