Foto: Spot
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Chorvoq oromgohi» («Piramidalar») dam olish maskani yana sotuvga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Spot Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tayanib.
Dastlab ushbu dam olish hududi katta bo‘lgani uchun u 8 ta alohida lotlarga bo‘lgan holda savdoga qo‘yilgandi. Biroq bu jarayon yakunlandi va endilikda yaxlit lot sifatida sotilmoqda.
Dam olish maskanining yangi egasi kelgusida mehmonxonani saqlab qolish va rivojlantirishi, daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriyga rioya etishi hamda IMPRO GmbH LTD oldidagi 573 568 yevro miqdoridagi qarzdorlikni to‘lashi kerak.
«Piramidalar» bilan tanishish uchun uning ham ichki, ham tashqi tomonidan olingan panorama suratlarini tomosha qilish mumkin.
Savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun talabgorlardan arizalar 8 noyabrdan boshlab qabul qilinadi. Bu haqda quyidagi havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi