Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Surxondaryo viloyatida saylovchilar bilan uchrashmoqda. Amaldagi davlat rahbari 2022-2026 yillar Surxondaryoda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash besh yilligi deb e’lon qilinishini ta’kidlab o‘tdi.
— Buni amalda ro‘yobga chiqarish uchun, kelgusi besh yilda viloyatda 1 ming 700 kilometr ichimlik suv tarmoqlari va 96 ta suv inshootlari barpo etiladi.
Aniq misollar bilan aytadigan bo‘lsak, «mega» loyiha – To‘palang suv omboridan Termizgacha 361 kilometr uzunlikdagi magistral suv tarmog‘i quriladi. Bunga 138 million dollar ajratamiz.
Shu bilan birga, Muzrabot, Sherobod tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi, Termiz shahrining oqova suv tizimi rekonstruksiya qilinadi hamda Sariosiyo, Denov, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Sherobod, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy, Sho‘rchi tumanlarida oqova suv tizimlari quriladi.
Umuman, markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 57 foizdan 80 foizga yetkaziladi va 800 ming nafar aholi ilk bor toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi, 870 ming nafar aholining suv ta’minoti yaxshilanadi, kanalizatsiya xizmati bilan ta’minlanish darajasi 4 foizdan 22 foizga yetadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ta’kidlanishicha, ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 5,5 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin