O‘zbekistonning amaldagi prezidenti, O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida ta’lim tizimiga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».
«Xirurgiya kafedrasi mudiri menga aytyapti, ‘janob prezident, 3 yil oldin 1 million 200 ming so‘m oylik olardim, hozir men 20 million olyapman. Men o‘zimni olim deb sezyapman, olim’, — dedi u… Diplom kerak emas hozir, diplom mutlaqo kerak emas. Kasb kerak, bilim kerak. Surxondaryoga kerak bo‘ladigan yo‘nalishlar kerak.
Ana shunda biz, Xudo nasib qilsa, besh yildan keyin Surxondaryoning boshqacha joylarida uchrashamiz...», — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident insofi bo‘lgan odam islohotlarga o‘zi baho berishini ta’kidlagan.
«Agar insofi bo‘lsa, Xudodan umidi bo‘lsa, insofi bo‘lsa, qildi-ku, qilsa bo‘lar ekan-ku, kelajakda ham qilar ekan-ku va bizning liberal demokratik partiyamiz qiladi, degan ishonch bo‘lishi kerak hammada», — deya qo‘shimcha qiladi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin