16:39 / 09.10.2021
1 502

BMT Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida rezolyutsiya qabul qildi

BMT Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida rezolyutsiya qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi asosida BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining birinchi rezolyutsiyasi qabul qilindi, deb xabar beradi Telegram’dagi «Nigoh» kanali.

Ma’lum qilinishicha, mamlakat tarixida ilk bor pandemiyalar davrida yoshlar huquqlari bo‘yicha BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi rezolyutsiyasi loyihasi qabul qilindi. Hujjatning qabul qilinishini BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo barcha 47 ta davlat bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan. Dunyoning 37 mamlakati hammualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ilk bor 2020 yil oktabr oyida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga uch yillik muddatga (2021—2023 yillar) saylangan edi. O‘zbekiston uchun 169 ta davlat ovoz bergandi.

21 sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida videomurojaat bilan so‘zga chiqqandi. O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida yangi sharoitlarda BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalarining ahamiyati va o‘rni tobora ortib borayotganini qayd etgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » BMT Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida rezolyutsiya qabul qildi