Buxoro viloyati Romitan tumani hududidagi «Gazli cho‘l» massividan saksovul o‘g‘irlab, inspektorlardan qochgan 10 ta yuk avtomashinasidan biri ushlandi. Qolgan 9 nafar haydovchi qidiruvda. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati rahbari Jahongir Navro‘zov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 6 oktabr kuni viloyat IIB hamda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan Romitan tumanidagi Gazli cho‘lida reyd o‘tkazilgan. Tungi soat 01:30 larda ketma-ket 10 ta «Gaz-66» rusumli yuk avtomashinasi cho‘l ichki manzillarini kesib o‘tuvchi yo‘ldan katta tezlikda harakatlanib borayotgan bo‘lgan. Soatiga 100 kilometr tezlikda qochgan yuk avtomashinasi haydovchilariga ularni quvlab kelayotgan boshqarma xodimlari tomonidan bir necha marotaba «to‘xtash» haqida ovozli ogohlantiruv signali berilgan. Biroq haydovchilar organ xodimlarining talablariga bo‘ysunmagan va katta tezlikdagi harakatda davom etgan.
Ma’lum qilinishicha, cho‘l massivi hududini kesib o‘tuvchi yo‘lning turli manzillarga tomon kesishuvini ta’minlovchi qismiga kelganda, 8 ta yuk avtomobili qumloq ilonizi yo‘llardan iborat bir nechta taraflarga ajralib, qochib ketgan. Inspektorlar quvib borayotgan 2 ta «Gaz-66» yuk avtomashinasidan biri esa ayni yaqinlashuv paytda yuk bortidagi saksovullarni ag‘darib tashlagan va o‘zidan oldinda bo‘lgan sherigining qochib ketishiga yo‘l ochib bergan.
Saksovullarni qasddan ag‘darib tashlashi oqibatida inspektorlarning mashinasidan biri saksovul uyumlariga borib urilgan hamda avtomobilga jiddiy ziyon yetgan. Yuk mashina haydovchisi esa o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinasidan tushib, yana cho‘lning qorong‘i saksovulzorlari oralab qochishga uringan.
«Qo‘lga olingan fuqaroning Peshku tumanidagi Shavare qishlog‘ida yashovchi R.J. ekani aniqlandi. U o‘z yashash manzilida tabiiy gaz ta’minotining yo‘qligi, sovuq kunlarning boshlangani sabab qishloqdoshlariga saksovullarni sotish uchun o‘g‘irlab olib ketayotganini tan oldi. Surishtiruv-qidiruv harakatlari davom etadi va voqea joyidan qochgan haydovchilarning shaxsiga aniqlik kiritilib, holat yuzasidan ma’lumot taqdim etiladi», — deydi Jahongir Navro‘zov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin