Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
9 oktabr kuni soat 07:30larda Namangan viloyati hududidan o‘tgan A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabarida ma’lum qilinishicha, Qamchiq dovonida MAN rusumli yuk avtomobili haydovchisi (1983 yilda tug‘ilgan K.R) yo‘lning 234-kilometriga yetgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi qarama-qarshi oqimni ajratuvchi to‘siqqa urilgan.
YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Voqea joyida FVB va YHXB xodimlari tomonidan haydovchiga yordam ko‘rsatilgan. Hozirda qo‘shimcha surishtiruvlar olib borilmoqda.
«Barcha haydovchilardan dovon yo‘lida o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlarini, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda harakatlanishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?