Foto: IIV
Joriy yilning 8 oktabr kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan «Samarqand» YPX maskanida «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Sh.Sh. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatiladi.
Avtomobil Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mas’ul xodimlar tomonidan tekshirilganda, uning yukxonasida 160 kg. yirik shoxli qoramol go‘shtini Vazirlar Mahkamasining 386-son qarori talablarini buzgan holda (veterinariya-sanitariya qoidalari talablariga zid ravishda tashish) Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimi tomonidan fuqaro Sh.Sh.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan (veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish) ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Eslatilishicha, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallangan transportning poli va idishlar silliq, tozalash va dezinfeksiya qilish uchun qulay bo‘lishi, mahsulot sifati va iste’molchilar salomatligiga ta’sir ko‘rsatmaydigan materiallardan yasalgan bo‘lishi kerak. Barcha toifadagi hayvonlar so‘yilganidan so‘ng ularning go‘shti va boshqa mahsulotlarini veterinar ekspertizadan o‘tkazilishi shart. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi