
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasida 5 ta avtomobil oldinma-ketin to‘qnashdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
YHXBB bergan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat 11 oktabr kuni soat 07:45 larda Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasida, «Pushkin» metro bekati yaqinida yuz bergan. Oraliq masofani saqlamaslik oqibatida Captiva, «VAZ-2106», Lacetti, Cobalt, Spark avtomobillari oldinma-ketin to‘qnashgan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati
To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar