date
views 2 379

Toshkent viloyatida 10 ming dollarni noqonuniy sotishga uringan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyatida 10 ming dollarni noqonuniy sotishga uringan shaxslar ushlandi
Toshkent viloyatida noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lda olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqarolar D.U. va O‘.M. valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, jami 10 ming AQSH dollarini fuqaro D.ga 107,5 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida 10 ming dollarni noqonuniy sotishga uringan shaxslar ushlandi
-->