Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev bugun Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Amaldagi davlat rahbari o‘z nutqida jadidlar faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.
— G‘oyat qiyin va og‘ir davrlarda ham ezgulik bayrog‘ini baland ko‘tarib maydonga chiqqan buxorolik Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev, Abduvohid Burhonov singari fidoyi zotlar el-yurt dardi va taqdirini o‘ylab yashagan buyuk insonlar edi.
Ayniqsa, Turkiston jadidchilik harakatining dohiylaridan bo‘lgan arbob va adib, birinchi o‘zbek professori Abdurauf Fitratning bu boradagi xizmatlari tahsinga sazovordir.
O‘tgan asrning 20-yillarida turkistonlik 70 nafar yigit-qizni Germaniyaga o‘qishga yuborishda bu ulug‘ siymoning qanday katta rol o‘ynaganini sizlar albatta yaxshi bilasiz.
Fitrat chet elga jo‘nab ketayotgan talabalarni Samarqanddagi Amir Temur maqbarasi oldida Vatan manfaatlariga sodiq bo‘lish haqida qasamyod qildiradi. Qarang, qanday vatanparvarlik, fidoyilik namunasi bu! — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentlikka nomzod Mirziyoyev yig‘ilish davomida Buxoro shahrida Abdurauf Fitrat nomidagi o‘zbek tili va xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan ijod maktabi barpo etish taklifini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi