1 859
«Zakovat» breyn-ring: prezident ko‘z oldida o‘tgan finalda Xorazm respublika chempioni bo‘ldi
Foto: «Zakovat» klubi
Buxoro viloyati Romitan tumanida joylashgan «Bukhara Desert Oasis» ekoturizm markazida «Zakovat» breyn-ring intellektual o‘yini respublika bosqichining grand final o‘yini o‘tkazildi. Barcha raqiblarini mag‘lub etib finalgacha yetib kelgan Xorazm va Navoiy jamoalari hal qiluvchi o‘yinda kuch sinashdi. Musobaqa davomida asosiy favorit Toshkent jamoasini yenggan tajribali Xorazm jamoasi g‘alaba qozondi.
Final o‘yini ikki raunddan iborat bo‘ldi. Har ikki raundda bilimdonlarga 10 tadan savol berildi. Birinchi raundda Xorazm 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi raundda ham hisob Xorazm foydasiga 5:1 bo‘ldi. Shu tariqa Xorazm ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.
Foto: «Zakovat» klubi
Xorazm jamoasining har bir a’zosi bittadan Chevrolet Gentra avtomobili bilan taqdirlanadigan bo‘ldi. Final o‘yinida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham qatnashdi.
Foto: «Zakovat» klubi
«Zakovat» breyn-ring intellektual o‘yini respublika bosqichiga barcha viloyatlarning 13 chempioni va eng yaxshi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 3 jamoa yetib kelgandi. 16 jamoa qur’a yordamida pley-off juftliklariga ajratildi. Yengilgan jamoalar musobaqani tark etaverdi va shu tariqa eng sara ikki jamoa finalga chiqdi.
Oldinroq o‘z viloyatidagi hududiy musobaqada g‘olib bo‘lgan 13 jamoa 100 million so‘mdan mukofot pulini qo‘lga kiritgandi. Barcha viloyatlarda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritganlar 20 million so‘m, uchinchi o‘rin sohiblari 10 milliondan mukofot olishdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi