
Foto: “Milliy tiklanish” partiyasi
O‘zbekiston prezidentligiga nomzod o‘z saylovoldi dasturida hech kimga bo‘ysunmaydigan mustaqil tergov qo‘mitasi tashkil etish va sud tizimida «qon almashinuvi» qilishini ma’lum qildi.
- «Tizimli o‘zgarishlar sud hokimiyatida adolatni kafolatlash tizimini yaratish, tizimda «qon almashinuvi» jarayonlarini tezlashtirish hamda sohaga yangi avlod vakillarini jalb etish orqali amalga oshiriladi;
- mustaqil tergov qo‘mitasi tashkil etilib, hech kimga bo‘ysunmaydigan mustaqil organ faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Tergovni xolis, haqqoniy, shaffof va halol olib borish ta’minlanadi;
- jazoni ijro etish muassasalari Ichki ishlar vazirligidan Adliya vazirligiga o‘tkaziladi. Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tab, ozodlikka chiqqan fuqarolarning jamiyatga tez va samarali moslashishi uchun huquqiy asoslar kuchaytiriladi;
- advokatlik instituti isloh qilinib, jozibali advokatura tizimi shakllantiriladi. Sohaga doir qonunchilik asoslari takomillashtiriladi. Moliyaviy imkoniyati cheklangan fuqarolar murojaat qila oladigan, bunda davlat subsidiyalarini ko‘zda tutadigan yangi institut tashkil etiladi», – deyiladi Alisher Qodirov saylovoldi dasturida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar