Joriy yilning 12 oktabr kuni soat 18:30 larda «Qamchiq» dovonining 240 km. da «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida harakatlangan «Spark» rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l tagidan suv o‘tkazuvchi inshootga tushib ketgan.
Zudlik bilan voqea joyiga «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari, yo‘l-patrul xizmati va tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelishgan.
Qutqaruvchilar tomonidan maxsus asbob-anjomlar yordamida avtomashinada bo‘lgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi chiqarib olinib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Shundan so‘ng maxsus avtokran yordamida suv o‘tkazuvchi inshootdan avtomashina chiqarib olindi. Bu vaqtda YPX xodimlari yo‘l harakati xavfsizligini ta’minladilar.
Qutqaruvchilarning tezkorlik bilan amalga oshirgan harakatlari natijasida ikki inson hayoti saqlab qolindi.
Hozirda shifokorlar tomonidan yengil tan jarohati olgan ikkila fuqaroga ham uyga javob berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi