Yangi yil bayrami yaqinlashgani sari mamlakatimizga pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlar avj ola boshlaydi. Bojxona organlari tomonidan pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirilishiga o‘z vaqtida chek qo‘yildi.
Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan ma’lumotlarga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Vodil-Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro Q.A. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi kuzatuvga olinib, Farg‘ona shahri hududida xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada mazkur avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, dastlabki qiymati 33 million so‘mlik 218 dona “7 Shots” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi