2 168
Surxondaryoda Afg‘oniston fuqarolarining pulini o‘zlashtirgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida Afg‘oniston fuqarolarining pulini o‘zlashtirgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyatida yashovchi X.J. va X.Sh. 2021 yil ikki nafar Afg‘oniston fuqarosi va bir nafar surxondaryolik shaxsga issiqxona qurib berishini aytib, pullarini olgan va o‘zlashtirib ketgan.
Jumladan, 2021 yil mart oyida, X.J. va X.Sh. Sariosiyo tumaniga kelib, Afg‘oniston fuqarosi, hozirda, Uzun tumani Nurbuloq mahallasida vaqtincha yashovchi, F.Sh.ning ishonchiga kirgan. So‘ng F.Sh.ga yashayotgan mahallasidan 60 sotix yer maydoniga issiqxona qurib berishlarini aytib 13 000 ming dollarini olib, o‘zlashtirib ketgan.
Bundan tashqari, X.J. va X.Sh. joriy yil 19 mart kuni, Uzun tumani Kichik Jonchekka mahallasida yashovchi, Ch.Ch.ga issiqxona qurib berishini aytib 226 million 575 ming so‘m olgan.
Shuningdek, joriy yil 23 iyun kuni, Afg‘oniston fuqarosi, hozirda Uzun tumani Uzunqishloq mahallasida vaqtincha yashovchi, F.M.ga issiqxona qurib berishini aytib 30 million so‘m olgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 4 oktabr kuni X.J. va X.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi