Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi Oqoltin tumani bo‘limi tomonidan fuqaro X.B.ning arizasiga asosan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida Oqoltin tumani «Saxovat» mahallasi sobiq raisi A.S. o‘zining xizmat mavqeidan foydalanib, Sardoba suv ombori to‘g‘oni yorilishi oqibatida talofat ko‘rgan fuqaro X.B.ning ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan Oqoltin tumani «Saxovat» mahallasi hududidan 4 sotix yer maydonini Oqoltin tumani hokimligi va tuman mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limida ishlovchi yaqin tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirishni hal qilib berish evaziga 3,0 mln. so‘m talab qilib, 2020 yil iyul oyi boshlarida firibgarlik yo‘li bilan 300 AQSH dollari pul mablag‘larini qo‘lga kiritib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?