Respublika bo‘ylab 2021 yilning oktabr oyi holatiga ko‘ra, 5 mingdan ziyod yakka tartibdagi tashuvchi ro‘yxatga olindi. Bu haqda davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Samarqand viloyatida YATT sifatida taksi xizmati ko‘rsatayotganlar 807 nafarni tashkil etadi va bu respublikadagi eng yuqori ko‘rsatkich.
Shuningdek, Surxondaryoda 678 nafar yakka tartibdagi tashuvchi ro‘yxatga olingan. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 504 nafarni tashkil etmoqda. Eng kam tashuvchi ro‘yxatga olingan hudud – Namangan viloyati, 78 ta.
Rasmiy xabarga ko‘ra, YATT sifatida taksi xizmati ko‘rsatayotganlarga jami 2,2 mlrd so‘m qat’iy belgilangan soliq va 3,9 mlrd so‘m ijtimoiy soliq hisoblangan.
Foto: Davlat soliq qo‘mitasi
Eslatib o‘tamiz, prezidentning “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan haydovchidan tashqari to‘rtta o‘rindiqli yengil avtotransportda taksi xizmati ko‘rsatish yakka tartibdagi tadbirkorlik (YATT) faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilgandi. Ushbu norma 2022 yil so‘ngiga qadar eksperiment tariqasida amalga oshirilishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi