Tojikistondan O‘zbekistonga avtobus qatnovlari qayta tiklanyapti

Tojikistondan O‘zbekistonga avtobus qatnovlari qayta tiklanyapti
Tojikistonning Asian Express firmasi 18 oktabrdan e’tiboran Xo‘jand – Toshkent – Xo‘jand yo‘nalishi bo‘yicha avtobuslar qatnovini qaytadan boshlaydi, deya xabar bermoqda AsiaPlus nashri.

Qatnov har kuni amalga oshiriladi. Chegaradan o‘tishda yo‘lovchilar koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni ko‘rsatishlari kerak. Sertifikat bo‘lmasa, ekspress-test topshirishga to‘g‘ri keladi.

Asian Express vakillari keyinchalik talabdan kelib chiqqan holda qatnovlar soni kuniga ikki-uchtaga yetkazilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, 20 oktabrdan e’tiboran Tojikistonning Panjikentidan Samarqand va Buxoroga ham avtobus qatnovlari boshlanadi. Reyslarni «Sayohati Haftko‘l» sayyohlik kompaniyasi amalga oshiradi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar