11:00 / 19.10.2021
1 663

Shaharlararo avtobusda yo‘l haqi narxi 8,5 foizga qimmatlashdi

Shaharlararo avtobusda yo‘l haqi narxi 8,5 foizga qimmatlashdi
Foto: Davlat statistika qo‘mitasi
Shaharlararo avtobusda yo‘l haqi narxlari yil boshidan buyon 8,5 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida shaharlararo avtobusda yo‘l haqi narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashgan.

Qayd etilishicha, shaharlararo avtobusda yo‘l haqi narxlari sentabr oyida yil boshidan buyon o‘rtacha 8,5 foizga qimmatlashgan.
Avvalroq, hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilishi ma’lum bo‘lgandi.

2021-2022 yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog‘laydigan jami 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari (shundan shahar – 60 ta, shahar atrofi – 193 ta, shaharlararo (viloyat ichida) – 57 ta) tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shaharlararo avtobusda yo‘l haqi narxi 8,5 foizga qimmatlashdi