14:28 / 19.10.2021
893

Jamoat transporti bo‘yicha katta o‘zgarishlar kutilmoqda

Jamoat transporti bo‘yicha katta o‘zgarishlar kutilmoqda
Toshkent shahrida jamoat transporti bo‘yicha katta o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida ta’kidlab o‘tdi.

Sohada quyidagi ishlar rejalashtirilgan:
  • yo‘l harakatini «aqlli tartibga solish» tizimi joriy etilib, bunga shaharning 500 ta yirik chorrahasi ulanadi;
  • 200 ga yaqin muntazam avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi;
  • jamoat transporti parkini yangilash uchun 400 ta zamonaviy avtobus, 700 ta elektrobus olib kelinadi;
  • 90 ta yangi zamonaviy metro poyezdlari olib kelinib, yo‘lovchilar tashish quvvati 2 barobarga oshiriladi.

Shuningdek, avtobuslar qatnovini subsidiyalash tizimi ham qayta ko‘rib chiqiladi. Endi tashuvchilarga subsidiyalar yo‘lovchi soniga emas, balki yo‘nalish va qatnovlar soniga qarab beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Jamoat transporti bo‘yicha katta o‘zgarishlar kutilmoqda