21:03 / 19.10.2021
963

Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi

Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi
Toshkent shahri bosh imom-xatibi sifatida ishlab kelayotgan Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 19 oktabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi, Toshkent shahri bosh imom-xatibi sifatida ishlab kelayotgan Nuriddin domla Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi.

Nuriddin Xoliqnazarov 1968 yilda Andijon viloyati Asaka shahrida tug‘ilgan. 1992 yilda Buxoro viloyatidagi Mir Arab madrasasi, 1998 yilda Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutini, 2007 yilda esa Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.

Ish faoliyatlari davomida Asaka shahridagi «Ahmadali Maxdum» masjidi imom-xatibi, Toshkent shahri «Oq tepa» jome masjidi imom-xatibi, poytaxtdagi «Ko‘kaldosh», Andijon viloyatidagi «Sayyid Muhyiddin maxdum» madrasalari o‘qituvchisi, Andijon viloyati bosh imom-xatibi va 2019 yildan shu kunga qadar Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi