20:46 / 20.10.2021
1 865

YUNЕSKOda Markaziy Osiyo uchun tarixiy qaror qabul qilindi

YUNЕSKOda Markaziy Osiyo uchun tarixiy qaror qabul qilindi
Foto: «Nigoh»
20 oktabr kuni YUNЕSKO Ijroiya kengashining O‘zbekiston uchun muhim yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda «Xiva jarayoni: Markaziy Osiyoda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish» qaror loyihasi qabul qilindi. Hujjatda «Xiva jarayoni» deb nomlangan mintaqaviy hamkorlik uchun yangi platforma yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Platformaning maqsadi – Markaziy Osiyo va undan tashqarida hamkorlikni mustahkamlash. Hujjatga 23 ta davlat hammualliflik qildi.

«Xiva jarayoni» g‘oyasi prezident Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan sentabr oyida o‘tkazilgan «Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro madaniyat forumi paytida paydo bo‘ldi.

YUNЕSKO bu tashabbusni o‘zbek tomoni ilgari surgani uchun minnatdorlik bildirdi va «Xiva jarayoni»ni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlik o‘rnatishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston shu nomdagi rezolyutsiyani ilgari surish bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi, u YUNЕSKO Bosh konferensiyasining 41-sessiyasiga (9-24 noyabr kunlari Parijda bo‘lib o‘tadi) tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YUNЕSKOda Markaziy Osiyo uchun tarixiy qaror qabul qilindi