
Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan bankomatdan qariyb 400 million so‘m o‘g‘irlagan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Olmazor tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 9 oktabrdan 10 oktabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar banklardan birining bankomatini ochib, undan ichida 396 million 300 ming so‘m bo‘lgan 3 ta qutini olib ketgan. Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchilar — 25 yoshli A.A., 28 yoshli M. A., 26 yoshli U.A. va 25 yoshli M.M. qo‘lga olingan. Ayni paytda tergov davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar