
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kecha jurnalistlarning AQSH qo‘shinini O‘zbekistonga joylashtirish haqidagi savoliga javob berib o‘tgan.
«Ayni paytda haqiqat shuki, bunga ehtiyoj yo‘q», deya javob bergan vazir.
Komilov 2002 yilda imzolangan O‘zbekiston - AQSH strategik hamkorligi haqidagi deklaratsiya va Shavkat Mirziyoyevning 2018 yilda AQSHga tashrifi doirasidagi hujjatlarni ham eslab o‘tgan.
Bu masala bir necha oydan beri ochiq qolayotgan edi. Xususan, Abdulaziz Komilovning Pentagonda muzokaralar o‘tkazishi, AQSH mudofaa vaziri yordamchisining Toshkentga kelishi shunday shubhalarni uyg‘otayotgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar