
17 oktabr kuni Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani xududidan o‘tuvchi «Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lida 1977 yilda tug‘ilgan O.E. «Nexia» rusumli avtomobilni boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida Sh.T. boshqaruvida bo‘lgan «Damas» rusumli avtomobili bilan to‘qnashgan.
YHXBB xabariga ko‘ra, ikkala haydovchi va «Damas» rusumli avtomobili yo‘lovchisi D.E. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan hamda yana bir yo‘lovchi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar