1 693
Toshkentda “Matiz” 4 kishini urib ketgan. Ulardan hech kim xabar olmagani aytilmoqda (video)
15 oktabr kuni kechqurun Toshkentning Mirobod tumani Yangi Qo‘yliq ko‘chasida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan “Matiz” yo‘l chetida turgan fuqarolarni urib ketgan. Holat bo‘yicha biror chora ko‘rilgan-ko‘rilmagani hozircha noma’lum, deb yozadi Kun.uz.
Jabrlanuvchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, YTH natijasida 4 kishi turli darajada tan jarohatlari olgan.
“Barcha jabrlanuvchilar qarindoshlarmiz. O‘zim Tapoichga yotdim, toz suyagim singan. Hali yana uch oy yotishim kerak ekan. O‘g‘limning son suyagi va boldiri singan, nevaramning bosh suyagi singan. Singlim neyroxirurgiyada yotibdi. Uning miyasi chayqalgan, toz suyagi va yettita qovurg‘a suyagi singan”, – deydi u.
Jabrlanuvchiga ko‘ra, shuncha og‘ir tan jarohatlariga qaramay, ular bilan ichki ishlar organlaridan hech kim bog‘lanmagan.
“Voqeadan keyin tez yordam shifoxonaga olib bordi. Shundan keyin “hey, sizlarga nima bo‘ldi?” deydigan odamning o‘zi yo‘q. Birorta melisa kelmadi. Hech kim xabar olgani yo‘q. Pul bilan yopib yuborishmoqchi shekilli”, – deydi u.
Kun.uz holat bo‘yicha ma’lumot olish uchun IIV YHXBB bilan bog‘landi. Biroq hozircha holat surishtirilayotganidan boshqa ma’lumot berilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”