Foto: «Uz.sputniknews.ru»
O‘zbekistonda bo‘lib turish vizasi muddati tugayotgan Afg‘oniston fuqarolari o‘z yurtiga qaytarib yuborilmaydi, chunki mamlakatlar o‘rtasidagi chegara jismoniy shaxslar uchun yopiq. Bu haqda O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi vakili ma’lumotlariga tayanib «Gazeta.uz» xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston hududida 13658 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lib turibdi. Shulardan 13032 nafari vaqtincha yashayotgan bo‘lsa, ulardan ko‘plari O‘zbekistonga biznes masalalari bo‘yicha hamda qarindoshlarini ko‘rishga kelishgan.
IIV vakili respublikada bo‘lib turish qoidalarini buzmayotgan xorijliklarning vizalari qoidaga ko‘ra uzaytirilishini qo‘shimcha qildi. Ular vizalarini uzaytirish uchun O‘zbekistondagi vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha migratsiya bo‘limlariga murojaat qilish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi