Hokimlar reytingi: Kimlar qaysi o‘rinlarda qayd qilindi?

Hokimlar reytingi: Kimlar qaysi o‘rinlarda qayd qilindi?
Karikatura: «Bugun.uz» / Habibullo Mo‘ydinov
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi respublika bo‘yicha hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari reytingi natijalarini agentlikning argos.uz portalida e’lon qildi.

Reyting natijalariga ko‘ra, «Viloyatlarning TOP tumanlari» umumiy reytingida Navoiy hamda Xorazm viloyatlari kichik farq bilan yetakchilik qilmoqda. Eng quyi pog‘onani esa Surxondaryo viloyati egallagan.
Hokimlar reytingi: Kimlar qaysi o‘rinlarda qayd qilindi?
Hokimlarning TOP-20 talik reytingida Qorovulbozor tumani (Buxoro), Yangibozor tumani (Xorazm), Shirin shahri (Sirdaryo), G‘azg‘on shahri (Navoiy) va Mirobod tumani (Toshkent shahri) hokimlari yetakchiligini ko‘rish mumkin. Quyi-20 talik reytingda esa ro‘yxatdagi dastlabki o‘nta o‘rinning sakkiztasi Surxondaryo viloyati tumanlari hokimlariga nasib etgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar