09:00 / 30.10.2021
1 542

Qaysi ziravorlar onkologik kasalliklarning oldini olishi ma’lum qilindi

Qaysi ziravorlar onkologik kasalliklarning oldini olishi ma’lum qilindi
Foto: «Korrespondent.net»
Parhezshunos Tatyana Dikning ta’kidlashicha, ratsionda ayrim ziravorlarning bo‘lishi muhim. Ular onkologik kasalliklarning oldini olishga yordam beradi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Mutaxassisning aytishicha, dolchin, zarchava, tog‘jambil, mavrak va quritilgan tog‘rayhon saratonga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan antioksidantlarga boy sanaladi. «Dolchin qondagi qand miqdorini pasaytiradi, yurak-qon tomir kasalliklarining kelib chiqish xavfini kamaytiradi, zarchava esa miyaning funksiyalarini yaxshilab, ozishga yordam beradi», — deydi mutaxassis.

Shuningdek, parhezshunos tog‘jambilning shamollashda yaxshi samara berishini, mavrakning hazm jarayonini, tog‘rayhon esa oshqozon-ichak traktining faoliyatini yaxshilashini qo‘shimcha qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qaysi ziravorlar onkologik kasalliklarning oldini olishi ma’lum qilindi