22:07 / 30.10.2021
1 778

1− 5 noyabr kunlari aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

1− 5 noyabr kunlari aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi
O‘zbekistonda sinov tariqasida 1−5 noyabr kunlari aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Unda census.stat.uz sayti orqali mamlakatimiz ichida va xorijda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin, deb xabar qildi Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.

2023 yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2021 yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Davlat statistika qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston aholisini keng ko‘lamli ro‘yxatga olish tadbirlari oldidan joriy yilning 1-5 noyabr kunlari internet orqali aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Onlayn tadbirda census.stat.uz havolasi orqali O‘zbekistondagi va xorijdagi barcha fuqarolar ixtiyoriy qatnashishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1− 5 noyabr kunlari aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi