18:44 / 02.11.2021
2 432

Rossiya O‘zbekistonga qiruvchi samolyotlar, zamonaviy vertolyotlar, dronlar va zirhli texnikalarni yetkazib berdi

Rossiya O‘zbekistonga qiruvchi samolyotlar, zamonaviy vertolyotlar, dronlar va zirhli texnikalarni yetkazib berdi
O‘zbekiston 2021 yilda Rossiyadan qiruvchi samolyotlar, zamonaviy vertolyotlar, uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari, zenit raketa majmualari va zirhli transport vositalarini olgan. Bu haqda Rossiya Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori Dmitriy Shugayevga tayanib, «RBK» xabar berdi.

U mavjud shartnomalarning qanchasi kechiktirilgani to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan, 2022 yilga mo‘ljallangan shartnomalarni bajarish uchun harakatlar amalga oshirilganini bildirgan.

«Masalan, 2021 yilda Qozog‘iston va O‘zbekistonga Su-30SM samolyotlari, Mi-35M vertolyotlari, Buk-M2E zenit-raketa majmualari, BTR-80 va BTR-82A zirhli transportyorlarni yetkazib berdik. Shuningdek, ushbu davlatlarga Orlan-10E ko‘p funksiyali uchuvchisiz komplektlari, Tayfun-K yengil zirhli avtomobillari va o‘qotar qurollar ham yetkazilgan», — dedi Dmitriy Shugayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy texnikalarni yetkazib berishni oshirish yoki qisqartirish borasidagi qarorni ushbu mamlakatlar hukumatlari Rossiya tomoni bilan kelishgan holda qabul qilgan. Chunki gap shartnoma majburiyatlari haqida ketmoqda.

«Ya’ni Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar, sheriklarimiz, milliy qurolli kuchlarining ehtiyoji va qurish rejalaridan kelib chiqib, qancha qurol kerakligini o‘zlari belgilaydi. Bizning asosiy maqsadimiz — ushbu mintaqada barqarorlikni saqlash va tegishli majburiyatlarimizni bajarish», — deydi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya O‘zbekistonga qiruvchi samolyotlar, zamonaviy vertolyotlar, dronlar va zirhli texnikalarni yetkazib berdi