O‘zbekistonda noyabr oyi «Keksalar uchun turizm oyligi» deb e’lon qilinishi munosabati bilan mehmonxona va umumiy ovqatlanish maskanlaridagi xizmatlar uchun ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi «Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan «Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi»ga muvofiq, mamlakat bo‘ylab keksa avlod vakillarining sayohat qilishini rag‘batlantirish maqsadida noyabr oyi «Keksalar turizm oyligi» deya e’lon qilindi.
Keksalar oyligini munosib o‘tkazish, ularning dam olishlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Respublikadagi 223 ta joylashtirish vositasi (mehmonxonalar va mehmon uylari) xizmatlari uchun - 50 foizgacha, 204 ta umumiy ovqatlanish maskanlaridagi xizmatlar uchun 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.
Shuningdek, «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan 1-30 noyabr kunlari Respublika ichidagi aviaqatnovlarda 60 yoshdan yuqori erkaklar va 55 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollar uchun ekonom va biznes toifalarining (LPR3M, UPR3M, SPR3M, OPR3M tashqari) joriy narxlarga 25 foiz miqdorda ixtiyoriy chegirmalar joriy etilgan.
Bundan tashqari, noyabr oyida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan mamlakat ichidagi amaldagi tariflarga 10 foiz miqdorda hamda «Uzautotrans Service» MCHJ tomonidan mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi avtobus chipta narxlariga 10 foiz miqdorda ixtiyoriy chegirmalar amal qiladi.
Shu bilan birga, keksalarni ziyoratgoh va madaniy meros obektlariga kirish uchun O‘zbekiston Musulmonlar idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan Toshkent shahri, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi 6 ta ziyoratgohga nafaqa va keksa yoshdagi fuqarolar uchun 50 foiz miqdorida chegirmalar belgilangan.
Madaniy meros agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridagi 24 ta madaniy meros obektlariga kirish uchun 20 foiz miqdorda chegirmalar joriy etilgan.
Turizm va sport vazirligi tomonidan 14 hudud bo‘yicha ziyoratgohlar va qadamjolarni o‘zaro bog‘lagan ichki turizm sayohat dasturlari ishlab chiqilib, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan barcha hududlardan fuqarolar yig‘inlaridagi keksa avlod vakillaridan iborat faollarni keng jalb etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan mamlakatimizda ichki turizmga ruxsat berilgani munosabati bilan keksalarni dam olishini maroqli tashkil etishda, ularning salomatligi va xavfsizligi, shuningdek, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...